Jamiyat

Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

© Ramiz BaxtiyarovYuridicheskiy institut v Tashkente, sovremennost
Yuridicheskiy institut v Tashkente, sovremennost - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2021
Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi.
TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Akbar Tashkulov Akbar Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.
A. Tashkulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni sohibi.
A. Tashkulov oʻz mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
A. Tashkulov adliya organlari tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan boʻlib, 2017 yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala