“Uralxim” O‘zbekistonga murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishda yordam beradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishDənəvər kalium gübrəsi, arxiv şəkli
Dənəvər kalium gübrəsi, arxiv şəkli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning eng yirik o‘g‘it ishlab chiqaruvchi kompaniyasi direktori bilan O‘zbekistonda murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishni muhokama qildi.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Rossiyaning “Uralxim” kompaniyasi O‘zbekistonda murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Mazepin bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
"Rossiyaning eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchisi bilan O‘zbekistonda azot, fosfor va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi", - deyilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii "Uralxim"
Prezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii Uralxim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Prezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii "Uralxim"
Ma’lumot uchun, "Uralxim" birlashtirilgan kimoviy kompaniyasi nafaqat Rossiyada, balkim dunyoda eng yirik mineral va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya tarkibida "Uralkaliy", "Tolyattiazot" kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ham bor.
Kompaniyaning yiliga 2,9 mln. tonna ammiak, 2,9 mln. tonna ammiakli selitra, 1,2 mln. tonna karbomid va 0,8 mln tonna fosforli va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. "Uralxim"ning yillik daromadi 1,3 mlrd. dollar, xodimlari soni - 10 ming kishi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii "Uralxim"
Prezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii Uralxim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Prezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii "Uralxim"
Yangiliklar lentasi
0