Lavlagi qanday kasalliklardan himoya qiladi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRinok v Simferopole
Rinok v Simferopole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2021
Obuna bo‘lish
Lavlagi - eng foydali va hamonbop sabzavot hisoblanadi.
Lavlagi - eng foydali va hamonbop sabzavot. Unda betanin, betain, kaliy va kalsiy tuzlari va yod, kletchatka kabi inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan moddalar mavjud, deydi Integraktiv Nutritsiologiya Xalqaro Instituti ilmiy bo‘limi boshlig‘i Kseniya Boroda, “Praym” agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga qaraganda, 1 kg lavlagining o‘rtacha narxi 34 rubl.
“Bundan tashqari, lavlagi kapillyarlar holatini yaxshilaydi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi va ich ketishini meyorlashtiradi. Xom lavlagi tarkibiga kiradigan betain osteoporoz, Alsgeymer kasalligi, ateroskleroz, yurak patologiyalari, kamqonlik, mastopatiya – ko‘krak bezi kasalliklari bilan kurashishga yordam beradi. Lavlagiga o‘ziga xos to‘q qizil rang beradigan betatsianin moddasi kuchli antioksidant hisoblanadi”, deydi mutaxassis.
Ammo, shifokorning so‘zlariga ko‘ra, oshqozon-ichak kasalliklari, qandli diabet bilan kasallangan insonlarga ushbu sabzavotni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0