Kolumnistlar

SWIFT tezligida: Rossiyaga berilgan zarbadan aslida kim zarar koʻradi

© SWIFTLogotip SWIFT
Logotip SWIFT - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2021
Rossiya SWIFTdan uzilgan taqdirda, birinchi navbatda, Yevropa korporatsiyalarining oʻzi zarar koʻradi: eksport uchun toʻlovlar bilan bogʻliq qiyinchiliklar yuzaga keladi.
TOSHKENT, 10 dek- Sputnik. Rossiyani Butunhajon banklararo moliyaviy aloqalar kanallari jamiyatidan (SWIFT)dan chiqarish yildan yilga qaytarilayotgan tahdid. Bundday chora xalqaro hisob-kitob jarayonlarini qiyinlashtirishga olib kelishi sababli u moliya bozoridagi jiddiy xavflardan biri. Yirik savdo hamkorini chetga chiqarib qoʻyish butun dunyo iqtisodiyotiga qattiq zarba boʻladi. Nima uchun bu xatar amalga oshirilmayapti va Rossiyada tranzaktsiyalar uchun milliy analoglar bormi, bunga RIA Novosti aniqlik kiritdi.
Aloqalarni uzish
Bu gal ushbu mavzuni Yan Bzejinskiy Ukraina YouTube kanallarining efirlaridan birida koʻtardi. Amerika tashqi siyosatining mashhur mafkurachilaridan biri boʻlgan Zbignev Bzejinskiyning oʻgʻli Yan Bzejinskiy 2001-2005 yillarda Mudofaa vazirining yordamchisi boʻlgan. Hozir esa mutaxassis sifatida chiqmoqda.
Biroq, isteʼfodagi amaldor amaldagi hamkasbi Viktoriya Nulandning aytganlarini takrorladi. Davlat bosh kotibi oʻrinbosarining taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar ittifoqchilari bilan birgalikda agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, uni jahon moliya tizimidan butunlay chetlatishni muhokama qilmoqda.
Avvalroq, CNN ham bu haqida toʻxtalib oʻtgan edi: uning shaxsini sir saqlagan suhbatdoshlari buni “qatʼiy chora” degan edi. Bloomberg agentligi ham Vladimir Putin va Djozef Baydenning onlayn uchrashuvi arafasida chiqish qilgandi.
Ilk bor yetti yil avval eʼlon qilingan ushbu tahdid, axborot maydonida muntazam koʻzga tashlanib turadi. Masalan, Yevropa Parlamenti aprel oyida tegishli murojaat bilan rezolyutsiyani qabul qilib va shu bilan birga “Shimoliy oqim 2”ni yakuniga yetkazishdan voz kechishni taklif qilgan edi.
Iyun oyida davlat Dumasida boʻlib oʻtgan davra suhbatida SWIFT Rossiya Milliy assosiatsiyasi ijrochi direktori Roman Chernov: “Ular bizni uzib qoʻymoqchi emas, bu hech kimga foyda keltirmaydi”degan edi. Ayniqsa, tashqi hamkorlik nuqtai nazaridan bu hech kimga foyda keltirmaydi, axir Rossiya muhim xalqaro savdo sherigi.
Jahon iqtisodiyoti evaziga boʻlsa ham
SWIFT- tranzaktsiyalar uchun banklararo maʼlumot almashish tizimidir. U 1973 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda tizimga 220 ta mamlakatning 11 ming ta kredit tashkilotlari, jumladan mingta korporatsiyalar ulangan. Uning kunlik oʻrtacha aylanmasi 32 million xabarni tashkil qiladi.
Biror davlatni ushbu tizimdan uzib qoʻyish, bu - radikal qadam. Bunday choora valyuta bilan shugʻullanadigan barcha sohalarga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ahamiyatlisi - moliya sektori va eksport, xomashyo yetkazib berish uchun toʻlovlar muammoga duch keladi.
Buning oqibatida milliy valyuta oʻn foizgacha arozonlashishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlar bozori ham Rossiya aktivlaridan xalos boʻlishni boshlaydigan xorijiy investorlarning chiqib ketishi tufayli qulaydi. Bu esa korporativ va davlat qimmatli qogʻozlarining asosiy egalari boʻlgan banklarga yoʻqotishlar olib keladi.
Biroq, AQSH va Yevropa Ittifoqining Rossiyani SWIFTdan uzib qoʻyish boʻyicha qaror qabul qilishi dargumon. Axir jahon iqtisodiyoti xavf ostida qoladi. Bu Gʻarb davlatlarining oʻzlariga ham yaxshigina muammolar keltirib chiqaradi - ular bizning resurslarimizdan foydalanish imkoniyatini yoʻqotadi deya ogohlantirgan edi Federatsiya Kengashi Byudjet va moliya bozorlari qoʻmitasi aʼzosi Vasiliy Ikonnikov.
Rossiya xalqaro savdo aylanmasida ancha zich oʻrnashgan. “Yevropa ham, Amerika ham Rossiya bilan tashqi iqtisodiy toʻlovlarni bunday keskin tarzda toʻxtatib qoʻyishga tayyor emas” deydi Rossiyaning ANIF investitsion jamgʻarma vakolatxonasi rahbari Sergey Grigoryan.
Shunday qilib, Rossiya va AQSH oʻrtasida savdo aylanmasi 19,8 milliard dollar - rekord darajaga yetdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40% ga koʻp, deya taʼkidladi Nikita Dolgiy.
Biz okean ortiga asosan metall va xomashyo joʻnatamiz. Amerikaliklar esa avtomobillar, elektronika va dronlar eksport qiladi.
Qiziq jihat: SWIFT- Belgiya yurisdiktsiyasi ostidagi korporativ hamjamiyat. Tizim rasman mustaqil xususiy moliya institutlariga tegishli. “Shu sababdan xalqaro xizmatlardan kimni chetlatish va kimni qoldirishni iddao qilishga Vashingtonning mutlaqo haqqi yoʻq” deya taʼqidladi TeleTrade axborot tahliliy markazi bosh iqtisodchisi Petr Pushkarev.
Biroq ikkita misol bor: 2012 yilda Eron, 2017 yilda Shimoliy Koreyaga nisbatan shunday yoʻl tutishgan edi.
Biroq, bu ikki mamlakatga qaraganda, Rossiya global iqtisodiyotga koʻproq integratsiyalashgan. “Bizni shunchaki chetlatib qoʻyish mumkin emas. Ayniqsa, pandemiya davrida. Yana shunday yirik, keng koʻlamli zarba hamma uchun xavfli”- dedi Sergey Grigoryan.
Birinchi navbatda, Yevropa korporatsiyalarining oʻzi zarar koʻradi: eksport uchun toʻlovlar bilan bogʻliq qiyinchiliklar yuzaga keladi.
“Yevropa parlamentining aprelda qabul qilingan rezolyutsiyasi tavsiyaviy xarakterga ega. Tabiiyki, Yevropa Ittifoqi bunga rozi boʻlmaydi: nega ular oʻz hayotini qiyinlashtirishi kerak”- degan edi Yuristlarni roʻyxatga olish, likvidatsiya, bankrotlik va sudda vakillik assosiatsiyasining vitse-prezidenti Vladimir Kuznetsev.
Yechim har doim bor
Aytaylik, amerikaliklar niyatiga yetdi, Rossiyani SWIFTdan uzib qoʻydi. Bunday holatda ikkita stsenariy mavjud. Birinchisi: banklar ikki tomonlama toʻlov tizimiga oʻtadi. Kredit tashkilotlari vakillik hisob varaqalari boʻyicha tranzaktsiyalarni onlayn amalga oshirishi mumkin.
Yana bir variant- unutilgan eski usulga qaytish. 2005 yilgacha Rossiyaning chet eldagi toʻlovlarining aksariyati Telex banklararo tizimi orqali amalga oshirilgan edi, deya eslaydi Petr Pushkarev. “U zahira sifatida qoldi. 2014 yil sentyabr oyida Markaziy bank stress-test oʻtkazgan edi. Va tizim oʻzini ishonchli ekanligini isbotaladi. Ha, Telexda banklararo komissiyalar yuqori, tezligi esa past. Biroq, umuman olganda, bu mumkin”, deydi iqtisodchi
Ikkinchi stsenariy esa mahalliy analoglarga oʻtishni nazarda tutadi. Siyosiy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda Moskva uni allaqachon ishlab chiqqan.
Markaziy bank oʻz axborot bazasi asosida Moliyaviy xabarlar tizimini (SPFS) ishga tushirdi. “Asosiy vazifa-mamlakat ichidagi banklarning usluksiz ishlashini taʼminlash. Bundan tashqari, SWIFT formatida ham xabar yuborish mumkin” deydi Sergey Grigoryan.
SPFS 331 ta kredit tashkilotlarini birlashtirilgan. Ularning aksariyatini Rossiyaniki, biroq postsovet mamlakatlari vakillari ham bor - Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Armaniston,Tojikiston, shuningdek Kuba ham.
Tizimda ayrim xorijiy banklarning boʻlinmalari ham roʻyxatga olingan. SPFS biz xohlagan darajada boʻlmasa ham, salbiy oqibatlarni yengillashtiradi. Xalqaro tranzaktsiyalar uchun faqat SWIFT mos, uning esa dunyoda oʻxshashi yoʻq.
Asosiy savol: qaysi banklar tizimdan uziladi: faqat davlat banklarimi yoki xususiy banklar hammi? Rossiyada ishlayotgan xorijiy banklarning taqdiri nima boʻlishi nomaʼlum. Ammo bir narsa aniq: bunday sanktsiyalar barcha bozor ishtirokchilariga qattiq zarba beradi. Dunyo koronavirus inqirozini boshdan kechirayotgan vaqtda bu albatta yaxshi qaror emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala