Madaniyat

Ermitajda Navoiy kechasi qanday oʻtdi - foto, video

© Sputnik / Viktor ChernovPortret poeta Alishera Navoi. Vыshivka.
Portret poeta Alishera Navoi. Vыshivka. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Sankt-Peterburgdagi Ermitaj saroyida Navoiyxonalik kechasi boʻlib oʻtdi. Unda 1941 yil 10 dekabr kuni bombalar ostida nishonlangan Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi esga olindi.
TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Sankt-Peterburgda 1941 yilning 10 dekabrida boʻlib oʻtgan "Navoiyxonlik" kechasining 80-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Oʻtgan asrning 40 yillari boshida Leningradda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligini nishonlash uchun katta tayyorgarlik koʻriladi, lekin kutilmaganda Ikkinchi jahon urushi boshlanadi va Leningrad toʻxtovsiz janglar va qamal girdobiga tushib qoladi.
Shunga qaramasdan leningradlik akademik va olimlar Navoiyxonlik tadbirini oʻtkazishga qaror qilishadi. Vaholanki oʻshanda shaharda jamoat transporti toʻxtab qolgan, issiqlik va elektr taʼminotlari ham uzilgan vaziyat oʻta ogʻir edi.
1941 yilning 10 dekabr kuni Ermitajniy "Shkolnыy" nomli zalida Navoiyxonlik kechasi boshlanadi. Uning boshlovchisi Boris Borisovich Piotrovskiy, oʻsha vaqtlar yosh olim, keyinchalik Ermitaj direktori. Kirish soʻzini oʻsha vaqtdagi Ermitaj direktori Iosif Orbeli aytadi.
© Proyekt "Kulturnoye naslediye Uzbekistana"Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya
Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya
"Biz bugun, shahrimiz va butun mamlakatimiz boshidan kechirayotgan gʻayrioddi damlarda, barcha xalqlarimiz madaniy hayotida muhim boʻlgan sana, buyuk va oʻlmas shoir, Alisher Navoiy nomini yodga olish uchun toʻplandik. Qamalga olingan, qiynoq, ochlik va zahmatlarga mahkum etilgan shaharda shoir nomini ulugʻlashning oʻzi - xalqning mustahkam ruhi, uning sinmas irodasi va ilm-fanning abadiy va insonparvar yuragidan jarak beradi", - degan edi Orbeli.
Shundan soʻng bir necha akademik va olimlar nutq soʻzlashadi, urushdan bir kuncha chaqirib olingan shoir Vsevolod Rojdestvenskiy oʻzining Navoiy sheʼrlari tarjimasini oʻqiydi.
Oradan 80 yil oʻtib, 2021 yilning 10 dekabr kuni, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj saroyida yana Navoiyxonalik kechasi boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya va Oʻzbekistonlik olimlar, Navoiyshunoslar toʻplanishdi.
© Proyekt "Kulturnoye naslediye Uzbekistana"Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya
Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya
Tadbirda RFAning Sharq qoʻlyozmalari instituti direktori Irina Fedorovna Popova 80 yil avvalgi Navoiyxonlik kechasi qanday oʻtkazilgani haqida maʼlumot berdi. Irina Fedorovna oʻz maʼruzasida ushbu tarixiy badiiy kechalarni yakunlagan akademik Orbelining soʻzlaridan iqtibos keltirdi:
"Biz albatta gʻalaba qozonamiz, soʻngra yubileyni ulugʻvor va tantanali ravishda nishonlaymiz. Umid qilamanki, nemis toʻplari joʻrligida oʻtayotgan ushbu uchrashuv barchaning xotirasida qoladi. Nima boʻlganda ham, sheʼriyat yashaydi va gʻalaba qozonadi. Keling, uning jozibali dunyosiga shoʻngʻiymiz ...".
Tadbirda Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻofurov, Davlat Ermitaji direktori Mixail Piotrovskiy, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari instituti direktori Irina Popova, navoiyshunos Sultonmurod Olim kabi taniqli olimlar, shoirlar, navoiyshunoslar ishtirok etishdi.
© Proyekt "Kulturnoye naslediye Uzbekistana"Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya
Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Navoiyskiye chteniya po sluchayu 580-letiya
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala