Jamiyat

Olimlar qarishni sekinlashtiradigan vositani aniqlashdi

© pexels/Daria ShevtsovaPoleznыe produktы
Poleznыe produktы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Organizmda YE vitamini tanqisligi boʻlmasligi uchun shifokor koʻproq bodom, bolgar qalampiri, losos baligʻi, avokado va undirilgan bugʻdoy kurtaklari moyini isteʼmol qilishni maslahat berdi.
TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Qarish jarayonlarini sekinlashtirish uchun, koʻproq YE vitamini isteʼmol qilish kerak deb hisoblaydi diyetolog Olga Chuntonova, RIA Novosti xabariga asosan.
Mutaxassi fikriga koʻra, YE vitamini ayollarga homiladorlik vaqtika katta koʻmak beradi, erkaklarga esa - ularning farzand ato etish funktsiyasini uzoqroq saqlab qolishda yordam beradi.
"YE vitamini yetishmaganda odamning mushaklari hajmi qisqarishi, harakatlarda aniqlik yoʻqolishi, koʻrish qobiliyati yomonlashishi mumkin. Shuningdek terining elastik xususiyati yoʻqoladi, soch tolalari ham nimjon xira boʻlib qoladi", - deydi Chuntonova.
Organizmda YE vitamini tanqisligi boʻlmasligi uchun shifokor koʻproq bodom, bolgar qalampiri, losos baligʻi, avokado va bugʻdoy kurtaklari moyini isteʼmol qilishni maslahat berdi.
Undan tashqari aptekada sotiladigan sunʼiy vitaminlarni ham isteʼmol qilish mumkin. Faqat bir narsani unutmaslik kerak - YE va V vitaminlarini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak. Ular bir biriga mos kelmaydi. Lekin, A, S va YE vitaminlarini esa birga qabul qilish maqsadga muvofiq - ular birgalikda yaxshiroq hazm boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala