Elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 2030-yilga qadar ikki baravar oshiriladi - vazirlik

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi to‘rt yilda O‘zbekiston energetika sohasiga kiritilgan investitsiyadar hajmi oldingi 26-yilga nisbatan 2,5 baravar oshgan.
TOShKENT, 13 dek - Sputnik. O‘zbekiston o‘z energetika tizimini jadal rivojlantirmoqda, dedi Energetika vaziri o‘rinbosari Azim Axmedxo‘jayev "bne IntelliNews" xalqaro nashriga bergan intervyusida.

Axmedxo‘jayev aytishiga ko‘ra O‘zbekistonda ham aholi ham iqtisod hajmi jadal o‘sib bormoqda. Shuning uchun 2030-yilga qadar respublikada elektr ishlab chiqarish quvvatini bugungi 15 GVtdan 30 GVtga yetkazish kerak bo‘ladi va ulardan 25 % muqobil energiya manbaalariga to‘g‘ri kelishi kerak.

Bu borada O‘zbekiston Rossiya bilan ham faol hamkorlik qilmoqda. Xususan, "Sibur" va "Gazpromneft" kompaniyalari "O‘zbekneftgaz" bilan hamkorlik qilish to‘g‘rida shartnomalar imzolashgan.
Undan tashqari O‘zbekiston Rossiyaning "Rosatom" korporatsiyasi bilan Atom elektr stansiyasi qurish haqida kelishuvga erishgan. Yaqin vaqt ichida Jizzax viloyatida ushbu loyiha qurilishi boshlanishi kutilmoqda.
Shuningdek, Turkiya, BAA kompaniyalari O‘zbekistonning muqobil energetika sohasiga sarmoyalar kiritishgan va loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Energetika sohasini yanada samaraliroq rivojlantirish uchun O‘zbekiston hukumati elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va aholiga tarqatuvchi kompaniyalar turiga bo‘lib, keng ko‘lamda xususiylashtirishni rejalashtirgan. Shuningdek, 2025-yilga qadar O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozori yaratiladi. Bu esa sohaning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0