Dunyoda

"Koinot goʻzali" tanlovida hindistonlik qiz gʻolib boʻldi - video

© REUTERS / RONEN ZVULUNPobeditelnitsey konkursa Miss Universe stala predstavitelnitsa Indii Xarnaaz Sandxu
Pobeditelnitsey konkursa Miss Universe stala predstavitelnitsa Indii Xarnaaz Sandxu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2021
Miss Universe, Miss World, Miss International va Miss Earth kabi dunyoda eng nufuzli toʻrt goʻzallik tanlovlaridan biri bu yil 70 marotaba oʻtkazildi.
TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. "Koinot goʻzali" Miss Universe tanlovida Hindistonlik Xarnaaz Sandxu gʻolib boʻldi.
Oʻtgan tunda Isroilning Eylat shahrida dunyodagi eng nufuzli goʻzallik tanlovlaridan biri Miss Universe boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan 80 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Tanlov gʻolibi Xarnaaz Sandxu brilliantlar bilan bezatilgan tojni tanlovning oʻtgan yilgi gʻolibi meksika vakili Andrea Mesadan oldi. Ikkinchi oʻrin JARlik Lalela Msvanega va uchinchi oʻrin paragvaylik Nadia Fereyraga nasib etdi.
Tanlov dunyoning 170 mamlakatida namoyish etildi. Uni taniqli amerikalik boshlovchi Stiv Xarvi olib bordi. Konkursda koronavirus tarqalishini oldini olish uchun barcha choralar koʻrildi. Ishtirokchilar repetitsiya vaqtida doim niqoblarda boʻlishdi.
Miss Universe dunyoda eng nufuzli toʻrt goʻzallik tanlovlaridan biri. (Miss World, Miss International, Miss Earth) Ushbu tanlov ilk bor 1951 yilda choʻmilish kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan oʻtkazilgan edi.
Miss Universe 1996 yildan 2015 yilga qadar AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli boʻlgan. 2015 yilda Tramp meksikalik immigrantlar bilan sodir boʻlgan janjaldan soʻng uni gollivudlik impressario Ari Emanuelga sotgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala