Jamiyat

IIV “Yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoy Tashkent
Nochnoy Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
“Yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi tayyorlandi.
TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. IIV “Yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qonuni loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qoʻydi.
“Bugungi kundagi yoʻllarning holati oʻsib borayotgan transport vositalarining tirbandliklarsiz harakatlanishini taʼminlashga javob bermaydi, yoʻl harakati ishtirokchilari boʻlgan transport vositalari yoʻlovchilari, piyoda va velosiped xaydovchichilar uchun yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻri va tizimli yoʻlga qoʻyilmagan.
Bunday holatlar sabablarini oʻrganish natijalari yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha amaliyotda qoʻllanilib kelayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning aksariyati sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilganligini, yagona tizimga muvofiqlashtirilmaganligini, ulardagi normalar zamonaviy talablarga mos kelmasligini koʻrsatmoqda.
Shuningdek, yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun masʼul tuzilmalar instituti shakllanmagan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tarkibida boʻlgan yoʻl harakatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tuzilmalarning quvvati ularga yuklatiladigan ish hajmlariga mos kelmaydi hamda ushbu tuzilmalarning moddiy-texnik bazasi maʼnan eskirgan, zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Yoʻllarda toʻxtab turish joylarini tashkil etish tizimli olib borilmagan va tartibga solinmagan, toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar belgilanmagan, axborot tizimi shakllantirilmagan, bunday joylarning reyestri yuritilmagan.
Yoʻl harakatini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini oʻrganishga, yoʻl harakatini tashkil etishning samaradorligini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish tizimli yoʻlga qoʻyilmagan”, - deyilgan hujjatda.
Loyihada yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy printsiplari; yoʻl harakatini tashkil etish sohasidagi davlat boshqaruvi, avtomobil yoʻli egasining huquq va majburiyatlari, yoʻl harakatini tashkil etishga qoʻyiladigan umumiy talablar, yoʻl harakati monitoringini olib borish, yoʻl harakatini tashkil etish samaradorligini taʼminlash, toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar, kapital qurilish obʼyektlarida yoʻl harakatini tashkil etish tartibi, yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki, yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha hujjatlarga qoʻyiladigan umumiy talablar, yoʻl harakatini tashkil etishning loyihalarini ishlab chiqish tartibi va yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi yoʻnalishlar boʻyicha normalar belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala