Jigar uchun eng xavfli mahsulot

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabota sotsialnogo rinka "Blijniy" vo Vladivostoke
Rabota sotsialnogo rinka Blijniy vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Obuna bo‘lish
Nutritsiolog Mixaylenko: hayvon yog‘lari, tuz va alkogol jigar faoliyatiga jiddiy zarar keltiradi.
Nutritsiolog RIA Novostiga bergan intervyusida jigar uchun eng zararli va xavfli mahsulotlarni sanab o‘tdi.
“Jigar, shuningdek, tanamizning boshqa a’zolari salomatligi uchun tarkibida ko‘p miqdorda hayvon yog‘i bo‘lgan - cho‘chqa yog‘i, sariyog‘, kolbasa, yog‘li go‘sht (o‘rdak, cho‘chqa go‘shti) kabi - oziq-ovqatlarni cheklanish tavsiya etiladi. Bunday mahsulotlardan butunlay voz kechish shart emas, biroq meyorda iste’mol qilish kerak”, deydi Mixaylenko.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p tuz iste’mol qilish jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kattalar uchun tuzning bir sutkadagi dozasi 5 grammdan oshmasligi lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, tuz asosan kolbasa, dudlangan go‘sht, sosiska kabi go‘sht mahsulotlarida “yashiringan” bo‘ladi. Shuningdek, tuzli pishloq, chips, konserva mahsulotlarida ham tuz miqdori ko‘p.
Ularga sog‘lom almashuv sifatida uy sharoitida qilingan qaynatilgan kurka go‘shti, sabzavotlar, tvorogli pishloq va kam tuzlangan baliqdan tayyorlangan buterbrod iste’mol qilish mumkin.
Shuningdek, shifokor alkogol mahsulotlarining jigarga yomon ta’sir qilishini eslatib o‘tdi.
"Alkogol tana faoliyatiga qo‘shimcha yuk bo‘ladi, bu esa tana funksiyalari yomon ishlashiga ta’sir qiladi. Shuning uchun spirtli ichimliklarni keragidan ortiq iste’mol qilish mumkin emas, undan butunlay voz kechgan yaxshi. Jigar salomatligi uchun achchiq va qovurilgan mahsulotlardan ham voz kechish lozim.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, ovqat pishirishda kamroq yog‘ ishlatgan ma’qul. Masalan kartoshka fri, qovurilgan go‘sht, tolqon bilan pishirilgan baliq, yog‘da qovurib tayyorlangan pishiriqlar. Ovqatni silikon qoliplarda yog‘siz qovurish, dimlash – eng yaxshi usul. “Bu bilan nafaqat jigar, balki butun organizm salomatligini saqlagan bo‘lasiz”, deydi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0