Jamiyat

Oʻzbek-xitoy vaktsinasi "omikron"dan himoya qiladimi?

© AFP / JUSTIN TALLISOmikron
Omikron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Olimlar aytishiga koʻra, ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi oʻlimdan - 100%, "delta-shtamm"dan - 80% darajasida samaradorlik namoyish qilgan.
TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Koronavirusning yangi "omikron" shtammi dunyoda shaxdam qadamlar bilan tarqalib kelayotgan bir vaqtda Xitoy kompaniyasi oʻz vaktsinasining yangi "omikron" shtammiga qarshi samaradorligini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi oʻtkazgan laboratoriya sinovlariga koʻra, kompaniyaning rekombinant vaktsinasi koronavirusning "omikron" shtammiga qarshi "yuqori samarador" deb topilgan.

"Xalqaro koʻpmarkazli izlanishlarning uchinchi bosqichi bizning rekombinant vaktsinamizning koronavirus infektsiyasiga qarshi 81,43 % samaradorlik darajasini namoyish qildi. Shuningdek, vaktsina (ZF-UZ-VAC 2001) oʻlimdan - 100%, "delta-shtamm"dan - 80% darajasida samaradorlik namoyish qildi", - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi Uzbekistonni vaktsina ishlab chiqarishda qoʻshgan hissasi uchun - hammuallif deb tan olgan va Oʻzbekistonga ushbu vaktsinani maxsus shartlar asosida yetkazib berishga rozi boʻlgan.
Bugungi kunda ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi Oʻzbekiston hududida eng koʻp qoʻllanilayotgan vaktsina hisoblanadi. Ushbu vaktsinadan Oʻzbekistonga salkam 38 mln doza olib kelingan.
Oʻzbekistonlik shifokorlar kuzatuviga koʻra ZF-UZ-VAC 2001 - inson organizmiga juda yumshoq taʼsir qiladi va shu vaqtga qadar deyarli birorta ham salbiy reaktsiya berish holatlari kuzatilmagan. Shu bilan birga koronavirus infektsiyasiga qarshi yuqori samaradorlik namoyish qilgan.

"Omikron" shtammi

Ilk bor 11 noyabr kuni Botsvanada aniqlangan "omikron" shtmmi undan soʻng JARda,keyin Gonkong va boshqa davlatlarga tez tarqalib ketgan edi. Bugungi kunda "omikron" shtammi dunyoning 63 mamlakatida aniqlangan.
Hozirshga qadar oʻtkazilgan izlanishlar natijasida omikron shtammining oʻta yuqumliligi, koronavirusning boshqa shtammlaridan ustun kelishi aniqlangan. Masalan JARda "omikron" paydo boʻlganidan soʻng bir oy ichida "delta" shtammni siqib chiqargan.
Rossiyalik virusologlarning dastlabki xulosasiga koʻra "omikron" shtammi "tabiiy vaktsina" boʻlishi mumkin. Chunki koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlarda kasallikning ogʻir kechishi yoki oʻlim holatlari juda kam uchraydi. Lekin "omikron"ga chalinib keyin tuzalganlarda koronavirusning boshqa shtammlariga qarshi immunitet paydo boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala