Hodisalar

Haydovchi bilan qoʻpol munosabatda boʻlgan YPX xodimi ishdan boʻshatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Andijonda haydovchi bilan qoʻpol munosabatda boʻlgan YPX xodimi ishdan haydaldi
TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Haydovchi bilan qoʻpol munosabatda boʻlgan YPX xodimi ishdan boʻshatildi, deb xabar qildi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi haydovchiga qoʻpol muomalada boʻldi" izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotganligi boʻyicha maʼlumot berilgan edi.
Tekshiruv yakuniga koʻra, 2021 yil 27 noyabr kuni xizmat mobaynida, haydovchi bilan oʻzaro muloqot davomida ogʻir-vazmin boʻlmasdan, mulohaza bilan ish olib borish oʻrniga, fuqaroga baland ovozda, qoʻpol munosabatda boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim meʼyoriy buyrugʻi talablarini buzganligi uchun Andijon viloyati IIB YHXB xodimi B.Badinov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi boʻyicha xulosa qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala