Jamiyat

Pala-partish qurilishga yoʻl qoʻymaslik kerak - prezident Denov saboqi haqida

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Vazirlar Mahkamasiga bir oy ichida bacha noqonuniy qurilgan va standartlarga javob bermaydigan bino inshootlar roʻyxatini tuzish vazifasi qoʻyildi.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Denovdagi boʻlgan noxush voqea hammaning koʻzini ochishi kerak - dedi Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida.
"Har bir hokim, prokuror, ichki ishlar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va qurilish, sanoat xavfsizligi boshqarmalari rahbarlari oʻz hududida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, texnik standartlarga amalga qilish, pala-partish qurilishlarga yoʻl qoʻymaslik, yerosti tarmoqlar hisobini yuritish ustidan qatʼiy nazorat tizimini oʻrnatishi shart" - dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi oldiga bir oy muddatda xatlov oʻtkazib, natijasi boʻyicha qaror qabul qilish vazifasi qoʻyildi.
Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Denovdagi voqea tafsilotlarini televideniye orqali batafsil koʻrsatishni topshirdi. Toki bunday hodisa qaytarilmasligi kerak, dedi prezident.
Kelajakda bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun har qanday noqonuniy qurilishlarni, texnika xavfsizligiga, qurilish standartlariga javob bermaydigan bino va inshootlarni roʻyxatga olish va chora koʻrish vazifasi topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, 7 dekabr kuni Denov shahrida joylashgan "Indenim" savdo markazida tunda kuchli portlash sodir boʻlgan edi. Uning oqibatida 2 kishi qurbon boʻlgan 9 kishi jarohatlangan. Dastlabki xulosalarga koʻra, baxtsiz hodisaning sababi gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqqan. Aynida damda ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi ochilgan va tekshiruv olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala