Jamiyat

Yaqin kunlarda Umra safariga borish imkoniyati tiklanadi

© REUTERS / Saudi Ministry of MediaPalomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke
Palomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Yaqin vaqt ichida umra safari uchun poʻl toʻlab navbatda turganlar uchun ziyoratni amalga oshirish imkoni paydo boʻladi - OʻMI.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Yaqin kunlarda oʻzbekistonliklar uchun Umra safariga borish imkoniyati tiklanadi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi.
Bu haqida OʻMI va Din ishlari qoʻmitasi rahbariyatidan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga 1-9 dekabr kunilari boʻlib oʻtgan safaridan soʻng maʼlum boʻldi.
"Inshaalloh, yaqin fursatlarda, COVID pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul toʻlab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi", - deyilgan xabarda.
Ziyorat karantin tartiblariga muvofiq, mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda oʻrindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish va boshqa karantin tartib-qoidalarga qilgan holda amalga oshiriladi.
"Shu sababli umra safari uchun toʻlov miqdori unchalik katta boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha mablagʻlarni talab etishi mumkin", - deyilgan xabarda.
Umra ziyoratlari muddatlari, qoʻshimcha toʻlov miqdori, vaktsinatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tez orada maʼlum qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala