Jamiyat

Chiroqchida yer choʻgʻ boʻlib yonmoqda, taxminiy sabablar maʼlum qilindi - foto

Ogon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2021
Taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib oʻchganligi va hozirda tutun chiqib, atrofga badboʻy hid tarqalayotganligi maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Internetda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani Xoʻja Abdujabbor qishlogʻida yerning choʻgʻ boʻlib yonayotganligi, sababi nomaʼlumligi, yomgʻir yogʻishiga qaramasdan choʻgʻning yonishda davom etayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat tarqaldi. Viloyati Ekologiya boshqarmasi, tuman FVB, “Hududgaztaʼminot” tuman filiali vakillaridan iborat guruhi holatni joyida oʻrganib chiqdi.
Taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib oʻchganligi va hozirda tutun chiqib atrofga badboʻy hid tarqalayotganligi maʼlum boʻldi.
Qishloqda yashovchi oqsoqollar bu joy taxminan 50-70 yil oldin chuqurlik joy boʻlib, qamishzor boʻlganligi va yillar oʻtib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganligi taʼkidlandi.
Dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida bu holat yuzaga keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala