Markaziy bank yangi 50 ming so‘mlikdagi xatoni tan oldi

© Press-slujba SB UzbekistanaLitsevaya storona novoy kupuri v 50 000 sumov
Litsevaya storona novoy kupuri v 50 000 sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki yangi banknota dizaynida aniqlangan texnik xato ushbu pullar muomalaga chiqarilishidan oldin bartaraf etilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17 dek - Sputnik. Yaqinda O‘zbekistonda chiqarilishi e’lon qilingan yangi 50 ming so‘mlik banknotada xato topilganini Markaziy bank tan oldi va ushbu xato banknota muoalaga chiqarilmasdan oldin to‘g‘rilanishini ma’lum qildi.
Milliy valyutamiz dizayniga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan 50 000 so‘mlik banknot namunasining old tomonida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi tasviri tushirilganligi, ammo maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb yozilganligi bildirildi.
Mutaxassislar bilan qayta o‘rganish natijasida haqiqatdan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligi ma’lum bo‘ldi.Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi dizayndagi 50 000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilishini hamda maqbaraning nomi to‘g‘ri qayd etilishini ma’lum qiladi.
Shunindek, Bank banknotlar dizaynlariga befarq bo‘lmagan fuqarolarga o‘z minnatdorligini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0