Har qanday xavfga tayyor: Qamchiq dovonida o‘quv mashqlar - video

© MChS UzbekistanaSovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie na perevale "Kamchik"
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie na perevale Kamchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2021
Obuna bo‘lish
"Qamchiq" dovonida FVV, IIV, SSV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Temir yo‘llari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Shu kunlarda (17-18 dekabr) "Qamchiq" dovonida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi kiruvchi 40 dan ortiq tashkilot kuch va texnik vositalari jalb etilgan holda qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari davomida "Toshkent-O‘sh" xalqaro avtomobil yo‘lining ushbu strategik qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealar rivojining turli ssenariylari bo‘yicha qutqaruv harakatlari mashq qilindi.
Bular 15 ga yaqin epizodlar:
qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan taqdirda qutqaruv kuchlarining harakatlari;
yong‘indan keyin sodir bo‘lgan yirik avariyani bartaraf etish;
aholini evakuatsiya qilish va joylashtirish;
vayronalar ostidan jabrlanganlarni qidirish;
kuchli ta’sir etuvchi zararli moddalarni tashish vaqtida to‘kilishi oqibatida jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va zararsizlantirish tadbirlari va boshqalardir.
Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari shuningdek “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning eng zamonaviy texnikalari va mutaxassislari va boshqa tuzilmalar jalb etildi.
Yangiliklar lentasi
0