Dunyoda

Serbiya Rossiya tufayli gazdan katta mablagʻ tejab qolmoqda - Vuchich

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishMyunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti
Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2021
Serbiya Rossiya bilan oʻz vaqtida imzolangan gaz yetkazib berish shartnomasi tufayli kuniga 8,6 million dollar tejab qolmoqda.
TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat Rossiya bilan oʻz vaqtida imzolangan shartnoma tufayli katta mablagʻ tejab qolmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz hozir gazning 1000 metr kubini 270 dollardan sotib olmoqdamiz. Birjada esa narxlar, ayrim Yevropa siyosatchilarining axmoqona bayonotlari oqibatida 1700 dollarga chiqqan va undan ham balandga chiqishi mumkin", - dedi Vuchich.
Serbiya prezidenti aytishiga koʻra, uning Rossiya prezidenti bilan noyabr oyida erishgan kelishuviga muvofiq, ular Rossiyadan gazni 6 barobar arzon narxga sotib olmoqda. "Agar shunday boʻlmaganda 1 yanvardan boshlab Serbiya gaz uchun har kuni 17 million toʻlagan boʻlardi. Hozir esa 1,6 millon dollar toʻlamoqdamiz", - dedi Vuchich.
Eslatib oʻtamiz, dunyoda pandemiya hukm surgan vaqtda neft va gaz narxi keskin tushib ketgan edi. Xususan Yevropa bozorida tabiiy gaz narxi 2020 yilning yoz faslida oʻzining eng pastki nuqtasiga yetgan va oʻtgan yilning oktyabr oyida sekin asta koʻtarilishni boshlagan edi. Oʻshanda Yevropa kompaniyalari gaz narx hali pastga tushadi, degan kutish bilan oʻz zahira omborlarini toʻldirishmadi.
Ustiga ustak Osiyo bozorida suyultirilgan gaz narxi keskin oshishi tufayli Yevropaga gaz yetkazib beruvchi AQSH va Qatar oʻz mahsulotlarini toʻliq Osiyoga yoʻnaltirishdi. Natijada Yeropa gaz bozorida tanqislik yuzaga keldi, Rossiya gazining ulushi 50%dan ortib ketdi.
Bu ham yetmagandan, "Shimoliy oqim - 2"ning ishga tushirilmaslik haqida kun ora matbuotda paydo boʻlayotgan xabarlar, boʻshab qolgan omborxonalar, kirib kelayotgan qish mavsumi - gaz narxini tarixiy maksimumga chiqargan va undan ham balandga chiqarish ehtimoli mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala