Shavkat Mirziyoyev Koreya biznes vakillari bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami biznesa Korei
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami biznesa Korei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2021
Obuna bo‘lish
Koreya ishbilarmonlari O‘zbekistonda raqamlashtirish, “yashil” energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika va geologiya sohalariga qiziqish bildirishdi.
TOShKENT, 18 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreyaga amalga oshirilgan davlat tashrifining yakunida ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Ikki mamlakat orasida tovar ayirboshlash ikki barobarga ortib, 2,2 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston iqtisodiyotida Koreyadan yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Keyingi besh yilda mamlakatimizda Koreya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobar ko‘paydi. Bugun ular mingtadan ortiq. Koreyalik kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekistonda umumiy qiymati 9 milliard dollardan ziyod 52 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Koreya ishbilarmonlari O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholab, investitsion hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirishdi. Xususan, raqamlashtirish, “yashil” energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, geologiya sohalari va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 5 milliard dollardan ortiq 40 ta yangi loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami biznesa Korei
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami biznesa Korei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2021
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami biznesa Korei
Tadbirda Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Mun Sin Uk, Koreya xalqaro savdo uyushmasi raisi Kristofer Ku, Koreya Eksimbanki, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), "SK Ecoplant", "Posco", "Samsung", "SK Nexilis", "Youngone", "KIA Motors", "K-water", "KT-Net" va ko‘plab boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun Janubiy Koreya O‘zbekistonning yirik xorijiy hamkori va investorlaridan biridir. Statistka Qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2021-yilning 10 oyida O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkorlari ro‘yxati quyidagicha: 1. Xitoy – 6,1 mlrd., 2. Rossiya – 5,9 mlrd., 3. Qozog‘iston – 3,2 mlrd., 4. Turkiya – 2,7 mlrd., 5. Koreya – 1,5 mlrd.
Yangiliklar lentasi
0