Dunyoda

Londonda omikron tufayli favqulodda holat joriy etildi

© REUTERS / Dado Ruvic/IllustrationTest na COVID-19 na fone nadpisi "Omikron"
Test na COVID-19 na fone nadpisi Omikron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Soʻnggi kunlarda Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari 93 mingdan oshib ketdi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. London meri Sodiq Xon koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish keskin koʻpaygani sabab shaharda favqulodda holat joriy etilganini eʼlon qildi. Bu haqda u Twitterʼdagi sahifasida yozdi.
“Biz omikron bilan kasallanishning avj olishidan oʻta xavotirdamiz – soʻnggi 24 soat ichida biz mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon eng koʻp kasallanishni qayd etdik”, - deya tushuntirgan Xon Sky News telekanali efirida.
17 dekabr kuni Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari 93 mingdan oshib ketdi. Soʻnggi yetti kun mobaynida mamlakatda 477 mingdan ziyod kasallanish qayd etilgan. Bu oʻtgan haftaga qaraganda qariyb 40 foizga koʻproq.
Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati bu yangi shtamm tarqalishi ortidan koronavirus cheklovlarini kuchaytirgan edi. Ish beruvchilarga xodimlarini masofaviy ishlash tarziga oʻtkazish tavsiya qilingan, aksariyat yopiq binolarda niqob taqib yurish yana majburiy boʻlgan. Birinchi marta ayrim ommaviy tadbirlarga va tungi klublarga tashrif buyurish uchun toʻliq emlanganlik toʻgʻrisidagi elektron guvohnomani koʻrsatish talabi joriy etilgan.
"Omikron” biz oʻylagandan koʻra xavfliroq boʻlishi mumkin - JSST

Omikron shtammi allaqachon 89 ta mamlakatda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, COVID-19ning omikron shtammi 89 mamlakatda aniqlangan va tez surʼatlarda tarqalmoqda.
Tashkilotning taʼkidlashicha, omikron deltaga qaraganda juda tez tarqalmoqda. Ayrim davlatlarda har 1,5-3 kunda omikron holatlari ikki barobarga oshmoqda.
Omikron deb nomlangan koronavirusning yangi shtammi noyabrda Botsvana va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan edi. JSST uni “xavotir tugʻdiruvchi” deb tan olgan. Mutaxassislar yangi shtammni koronavirusni boshdan kechirganlar ham, emlanganlar ham yuqtirib olishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Mavzuga oid:
Oʻzbekiston omikron shtamm sabab qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni toʻxtatadi
Otabekov: omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkin
Isroil omikron shtammi sabab chegaralarini xorijliklar uchun yopdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala