Iqtisod

Oʻzbekiston transafgʻon temir yoʻli qurilishini qachon boshlaydi

© Unsplash / Jeremy BishopJeleznodorojnыy sostav
Jeleznodorojnыy sostav - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Toshkent afgʻon mutaxassislarini temir yoʻllarda xizmat koʻrsatishga oʻqitadi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Oʻzbekiston 2022 yil bahorida transafgʻon temir yoʻli qurilishini boshlaydi, deb xabar bermoqda Sputnik Afgʻoniston.
Islomobodda Oʻzbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afgʻoniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiyga respublika transafgʻon temir yoʻli qurilishi boʻyicha ishlarni bahorda boshlashiga vaʼda bergan.
Shuningdek, Toshkent temir yoʻlda ishlash uchun afgʻon mutaxassislarini tayyorlash niyatida.
Shu bilan birga, Muttaqiy Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning Toshkentga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan.
Joriy yil 6-7 dekabr kunlari Toshkentda “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻlini loyihalashtirish va qurish boʻyicha uch tomonlama (Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Pokiston) va koʻp tomonlama (Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Pokiston) muzokaralar boʻlib oʻtgan edi.
Bu transport yoʻlagi Rossiya, Yevropani Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Hindinston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bogʻlashi kerak.

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Mavzuga oid:
RJD transafgʻon temir yoʻlinining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyor
Mirziyoyev “RJD” rahbari bilan Trans-afgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini muhokama qildi
Oʻzbekiston va Afgʻoniston qator sohalardagi yirik loyihalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala