Jamiyat

Oʻzbekistonda favqulodda holat joriy etish tartibi qanday

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSoldat s avtomatom v odnoy iz ulits Tashkenta
Soldat s avtomatom v odnoy iz ulits Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Favqulodda holat prezident farmoni bilan Oʻzbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Favqulodda holat fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga, konstitutsiyaviy tuzumga va (yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda choralar qoʻllamasdan bartaraf etish mumkin boʻlmagan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, alohida hollarda joriy etiladi.
Favqulodda holat prezident farmoni bilan Oʻzbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi.
Oʻzbekistonning butun hududidagi favqulodda holat 30 sutkadan, ayrim joylardagi favqulodda holat esa 60 sutkadan oshishi mumkin emas.
Favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmaganda muddat uzaytirilishi mumkin.
Senatorlar favqulodda holat toʻgʻrisidagi qonunni maʼqullashdi
Favqulodda holat davrida quyidagi choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin:
davlat organlari vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish;
harakatlanishga nisbatan cheklovlar;
jamoat tartibini, oʻta muhim va toifalangan obʼyektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish;
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga cheklovlar;
oziq-ovqatni va eng zarur narsalarni sotish, sotib olish hamda taqsimlashning alohida tartibi;
yigʻilishlar, mitinglarni taqiqlash yoki cheklash;
transportlar harakatini cheklash.
Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha maxsus davlat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi;
- hudud komendaturasi.
Real tashqi xavf boʻlganida komendantlik soati joriy etilishi mumkin. Bunda qoidalarni buzgan shaxslar komendantlik soati tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala