Jamiyat

Toshkent–Dehli yoʻnalishidagi parvozlar soni koʻpaytiriladi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Endi Toshkent–Dehli–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 24 dekabrdan boshlab Dehliga parvozlar sonini oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Endi Toshkent–​​Dehli–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga 2 marotaba – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
Toshkent–Dehli (Toshkent vaqti bilan): joʻnab ketish 02:15, manzilga yetib borish 05:45;
Dehli–Toshkent (Dehli vaqti bilan): joʻnab ketish 08:15, Toshkentga yetib kelish 10:45.
Taʼkidlanishicha, mazkur yoʻnalish boʻyicha bir tomonga aviachiptalar narxi 2,8 million soʻm (bagajsiz) va 2,6 million soʻmni (bagaj bilan) tashkil etadi. Narxlar 2021 yil 17 dekabr holatiga koʻra amal qiladi.
S7 Airlines Volgoraddan Fargʻonaga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala