Jamiyat

Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming soʻm beramiz - Fargʻona viloyati hokimi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
"Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming soʻm beramiz" - Fargʻona viloyati hokimi.
TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Bugun Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xalqqa murojaat bilan chiqdi va hududda amalga oshirilgan ishlar va qilinishi rejalashtirilgan loyihalar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida vazn tashlagan shaxslarni ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Tegishli poliklinikaga borib, joriy vaznini belgilatib qoʻyadi. 6 oydan keyin vazni yana qayta oʻlchanadi. Yoʻqotilgan har bir kilo uchun 500 ming soʻm beriladi.
"5 kilo vazn tashlasa 2,5 million, 10 kilo vazn tashlasa, 5 million pul oladi. Keyin unga pul berishning hojati qolmaydi. 10 kilo vazn tashlasa, oʻzi ham yengil boʻlib qoladi. Koʻzlari ochiladi. Dunyoga boshqacha koʻz bilan qarashni boshlaydi", — dedi viloyat hokimi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala