Jamiyat

Oʻzgidromet yaqin kunlarda shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Maks Vetrov / Fotobankka oʻtishVeter
Veter - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
21-22 dekabr kundari respublikaning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi.
TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. 21-22 dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
21 dekabr kuni respublika hududlari boʻyicha shamol kuchayishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, baʼzi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.
21-22 dekabr kunlari respublikaning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarida kuchli boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala