Davlat oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi

© Sputnik / Ramil SitdikovZona kormleniya korov na ferme
Zona kormleniya korov na ferme - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.
TOShKENT, 21 dek – Sputnik. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida: maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslari banklarga yillik 10 foizda joylashtiriladi.
Imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3-yilgacha;
chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 3-yilgacha;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3-yilgacha imtiyozli davr bilan 7-yilgacha;
“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga – 3-yilgacha hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha ajratiladi;
Kreditlar hokim yordamchisining tavsiyasi asosida ajratiladi.Chorvachilik uchun kreditlar kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi.
“Yetakchi” tadbirkorlarga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
2022 yil 1-martdan kreditlar to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.
Mavzuga oid:
Tomorqa yer egalariga kredit ajratiladi
Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida qanday choralar ko‘riladi
Ayrim tadbirkorlarga soliqlarni kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi
Orolbo‘yi mintaqasidagi tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari beriladi
Yangiliklar lentasi
0