Rossiya qurilish maydonlarida migrantlardan voz kechish qo‘llab-quvvatlanmadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabochiy kladet kirpich
Rabochiy kladet kirpich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya qurilish maydonlarida migrantlardan voz kechish taklifi qo‘llab-quvvatlanmadi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya federal hukumati migranlarni qurilish maydonlarida migrantlardan butunlay voz kechish taklifini qo‘llab-quvvatlamadi, deb xabar qildi “Izvestiya” nashri Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin nazorat qiluvchi vazirlikka asosan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ishchi kuchining tanqisligi qurilish narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Davlat Dumasi quruvchi tashkilotlar orasida so‘rov o‘tkazdi, unga ko‘ra, migrantlardan voz kechish uy-joy narxini 10-40 %ga oshirishi mumkin.
Respondentlarning deyarli 24 % xorijlik ishchi kuchidan umuman voz kechib bo‘lmaydi, deb javob bergan.
Yana 28% 3-5 yil ichida migrantlardan voz kechish mumkin, deb taxmin qildi, 47 % esa bu bir-ikki yil ichida aniq amalga oshirsa bo‘ladi, deb javob berdi.
Respondentlarning atigi 1 % buni faqat besh-o‘n yildan keyin amalga oshirish mumkin deb javob berishdi.
Davlat Dumasining Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi qo‘mitasi a’zosi Aleksandr Yakubovskiyning fikricha, hozirgi vaziyatda migrantlardan to‘liq voz kechish qurilishning to‘xtatilishiga, quruvchilarning mijozlar oldidagi shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasligiga olib keladi.
Rossiya Qurilish vazirligida qurilish sanoati oldida turgan keng ko‘lamli vazifalarni hisobga olgan holda, xorijiy ishchi kuchini hududlarga olib kirish masalasi hali ham dolzarb deb aytildi.
Hozirgi vaqtda uy-joy narxining o‘sishida asosiy omil - qurilish materiallari sohasidagi narx-navo, ishchi kuchining etishmasligi ham qurilish tannarxiga kuchli ta’sir qiladi.
Yangiliklar lentasi
0