Rossiya

Rossiya suv osti kemasi qanotli raketa bilan qirgʻoqdagi nishonni yakson qildi - video

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishDizel-elektricheskuyu podlodku "Petropavlovsk-Kamchatskiy" peredali VMF Rossii
Dizel-elektricheskuyu podlodku Petropavlovsk-Kamchatskiy peredali VMF Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2021
Rossiyaning suv osti kemasi qanotli raketa bilan Yapon dengizidan 1 ming km masofadagi nishonni yakson qildi.
TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiyaning yangi "Petropavlovsk-Kamchatskiy" dizel-elektr suv osti kemasi "Kalibr" qanotli raketa bilan Yapon dengizidan 1 ming km masofada qirgʻoq nishonini yakson qildi. Bu haqda Tinch okean floti matbuot xizmati xabar berdi.
"Belgilangan vaqtda raketa Syurkum (Xabarovsk oʻlkasida) taktik maydonidagi qirgʻoq nishoni pozitsiyasiga tegdi. Otish masofasi 1000 kilometrdan oshdi", deyilgan xabarda.
Uuchirishdan oldin suv osti kemalari missiya hududiga yashirin chiqish boʻyicha taktik manevrni amalga oshirdi.
Suv osti kemasi Boltiqboʻyidan oʻtgan kemalar otryadining bir qismi sifatida noyabr oyining oxirida Tinch okean flotining asosiy bazasiga yetib keldi.
“Petropavlovsk-Kamchatskiy” flotga 2019 yil noyabr oyida topshirilgan. Suv osti kemasi “Strela-3M”, “Igla-1”, “Verba” zenit tizimlari, “Kalibr”, 3M54K raketalari va boshqalar bilan qurollangan. Kemaning chuqurligi - 240 metr, maksimal chuqurligi - 300.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala