Migratsiya

Rossiyada migrantlar uchun patentning yangi shakli tasdiqlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishInostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti.
Inostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2021
Rossiyadagi mehnat migrantlari 2021 yil 29 dekabrdan patentni chipli karta koʻrinishida olishadi.
TOSHKENT, 21 dek – Sputnik. Rossiyadagi mehnat migrantlariga patentlarni chipli karta koʻrinishida berish boshlanadi. Unda bunday karta egasi yuzining elektron tasviri va barmoq izlari boʻlishi kerak. Tegishli farmonga Rosssiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev imzo chekdi.
Kartaning old tomoni 8,5 sm ga 5,3 sm oʻlchamda boʻladi, unda surat, patent seriyasi va raqami, egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi hamda Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet el fuqarosining fuqaroligi, pasport seriyasi va raqami, kasbi kabi maʼlumotlar joylashtiriladi.
Orqa tomonda migrant yashaydigan va ishlaydigan Rossiya hududi, shuningdek, patent egasining biometrik maʼlumotlari va u haqdagi boshqa maʼlumotlarga ega chip boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 1 yanvardan Moskva va Moskva viloyatida patent toʻlovi 5 341 rubldan 5 900 rublgacha qimmatlashadi.
Mavzuga oid:
Migrantlarga beriladigan ID-kartalarda qanday maʼlumotlar saqlanadi
2022 yildan patent narxi koʻtariladi
Yangi yildan migratsiya sohasida qator oʻzgarishlar kuchga kiradi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala