Hodisalar

Toshkent viloyatida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan vafot etdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishUchastok jeleznodorojnogo puti
Uchastok jeleznodorojnogo puti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2021
Qibray tumanida 2-akademik litsey talabasi temir yoʻl bekatidagi vagon ustiga chiqishi oqibatida tok urib, halok boʻldi.
TOSHKENT, 21 dek – Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok boʻldi.
Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabariga koʻra, IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyining 3-kurs talabasi boʻlgan Z.J. “Oqqovoq” temir bekati 21-kilometrida vagon ustiga chiqqan. Oqibatda uni yuqori kuchlanishdagi tok urgan. Talaba voqea joyida vafot etgan.
Toshkentda 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etdi
Shu munosabat bilan 20 dekabr kuni IIV 2-son Toshkent akademik litseyida muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda oʻquvchilarga temir yoʻlda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temir yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtmaslik, temir yoʻl atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik zarurligi tushuntirilgan. Bundan tashqari temir yoʻl hududi oʻta xavfli hudud ekanligi toʻgʻrisida tushunchalar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala