Jamiyat

Parhez tutgan oʻsimta: ovqatlanish bilan saraton qanchalik bogʻliq?

Grecheskiy salat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2021
2020 yilda saraton kasalligi tufayli 10 million inson hayotdan koʻz yumgan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda saraton kasalligi tufayli 10 million inson hayotdan koʻz yumgan, 19 milliondan ortiq insonga esa tashxis qoʻyilgan. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablar orasida olimlar turmush tarzini koʻrsatishadi, biroq ovqatlanish ham uni keltirib chiqaradigan sabablar orasida oxirgi oʻrinda emas. Parhez kasallikni oldini olishga yordam beradimi?- RIA Novosti materialida oʻqing.

Koʻproq olma, kamroq gamburger

Jahon Saratonni tadqiqot qilish fondining (WCRF) 2018 yilgi “Parhez, ovqatlanish, jismoniy faoliyat va saraton: global nuqtai nazar” mutaxassislik hisobotida saraton kasalliklarini oldini olish uchun umumiy tavsiyalar berilgan. Masalan, shirinlikdan, vetchina va bekon kabi goʻshtli polufabrikatlardan qochish. Ortiqcha tuz isteʼmol qilmaslik kabi.
Bunday tavsiyalar saraton tashxisining chastotasi va maʼlum ovqatlanish uslublariga rioya qilish oʻrtasidagi bogʻliqlikni tahlil qiluvchi ilmiy ishlarga asoslangan.
Kantoncha tuzlangan baliq halqum saratoni, spirtli ichimliklar – ogʻiz boʻshligʻi, halqum, tomoq, qiziloʻngach va koʻkrak saratoni (menopauzadan oldin va keyin) rivojlanish ehtimolini oshiradi. Qahva esa jigar saratoni xavfini kamaytiradi.
Shuningdek, saraton kasalligini oldini olishda D vitamini, kaltsiy va selen moddalari ham yaxshi taʼsir koʻrsatadi, deya taʼkidlaydi Afina Milliy universiteti epidemiologiya va tibbiy statistika professori, “Saraton xavfini kamaytiradigan turmush tarzi” qomusiy maqolasi muallifi Kristina Bamia.
Biroq odamlar bunday tavsiyalarga kamdan-kam rioya qiladi. Masalan, oʻrta amerikalik juda koʻp miqdorda toʻyingan va kam miqdorda monotoʻyinmagan yogʻlarni isteʼmol qiladi. Uning ratsionida kletchatka, sabzavotlar, mevalar va don mahsulotlari ham yoʻq. Bunday holat koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda ham kuzatiladi.

Tavsiyalar qanchalik foydali?

Yevropa va Amerika olimlari WCRF mutaxassislari xulosasini tekshirib chiqish uchun ovqatlanish va turli xil saraton kelib chiqish ehtimoliga bagʻishlangan 860 ta ishni tahlil qilib chiqdi. Mualliflarning taʼqidlashicha, barcha natijalar ham ishonarli emas, biroq aniq va toʻgʻri xulosalar ham yoʻq emas.
Darhaqiqat, sut, sut mahsulotlari, kaltsiy, bugʻdoy yoʻgʻon ichak saratoni kelib qilish xavfini kamaytiradi, alkogol mahsulotlarini suisteʼmol qilish esa, aksincha, xavfni koʻpaytiradi. Mast qiluvchi ichimliklardan qiziloʻngach, jigar, koʻkraz bezi kabi organlar ham aziyat chekadi. Qahva jigar saratoni kelib chiqishi ehtimolni kamaytiradi va bu tasdiqlangan xulosa. Bundan tashqari, teri bazal hujayrali karsioma bilan kasallanishni ham kamaytiradi.
Shved olimlari 2020 yilda mamlakat Jahon Saratonni tadqiqot qilish fondi qoidalariga qanchalik rioya qilishi va ulardan sezilarli foyda bor-yoʻqligini tekshirish maqsadida kogort tadqiqotlarini eʼlon qildi. Ular 30 mingga yaqin erkak va 25 ming ayol oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazdi. Aniqlanishicha, afsuski, soʻrovnoma ishtirokchilarining asosiy ulushi mutaxassislar maslahatiga amal qilmaydi. Tavsiyalar esa anchayin samarali edi
Janubiy Karolina universiteti olimlari ham sogʻlom va nosogʻlom parhez hamda saraton kelib chiqish ehtimoli oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganib chiqdi. Sogʻlom parhez sabzavot va mevalar, kartoshka va dukkakli mahsulotlardan tashkil topgan. Nosogʻlom parhezga esa qizil va qayta ishlangan goʻsht mahsulotini koʻp isteʼmol qilish, shirin ichimliklar, chips, tozalangan uglevodlar, masalan shakarni koʻp isteʼmol qilish kiradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, nosogʻlom ratsion toʻgʻri ichak saratoni xavfini oshiradi. Alkogolning zarari esa bu yerda ham tasdiqlandi. Koʻkrak, prostata va oshqozon osti bezi saratoni haqidagi maʼlumotlarni esa tekshirib koʻrish lozim.
Sogʻlom parhezga - masalan, hozirgi vaqtda dunyoda oʻrtayer dengi parhezi mashhur-
koʻp miqdorda mevalar, sabzavotlar, yongʻoqlar, dukkakli mahsulotlar,
oʻrtacha miqdorda baliq, zaytun yogʻi, spirtli ichimliklar,
kam miqdorda qizil, qayta ishlangan goʻsht, sut mahsulotlarini isteʼmol qilish kiradi.
Olimlar koʻrsatgan maʼlumotlarga koʻra, bunday parhez bilan oshqozon, yoʻgʻon ichak, koʻkrak, oshqozon osti, prostata bezi saratoniga chalinish ehtimoli kamayadi.

Ratsionga qattiq rioya qilgan holda

Parhez bilan bogʻliq tajribalar saraton hujaylarining qanday oziqlanishi va ular bilan kurashishning yangi usullarini topishga yordam beradi. Shunday ilmiy tadqiqotni yaqinda Massachusets Texnologiya Instituti olimlari oʻtkazdi. Ular uglevodlar tanqisligiga asoslangan parhez saraton kasalligi bilan kurashishga yordam berishi yoki bermasligini tekshirishga qaror qilishdi.
Saraton hujayralari oʻsishi uchun juda koʻp quvvat kerak. Ular bu quvvatni glyukoza (uglevod)dan oladi, hujayra membranalari qurish uchun esa ularga lipidlar kerak. Bularning barchasini kasallik hujayralari organizm qabul qiladigan oziq-ovqatdan oladi. Agar ular och qoldirilsa, shunga muvofiq, koʻpayishni ham toʻxtatadi.
Avvalgi tadqiqotlardan maʼlumki, past kaloriyali parhez baʼzi hollarda saraton oʻsishini kamaytiradi va kasal jonzotlar umrini uzaytiradi. Uglevodlar yetishmasligiga sabab boʻluvchi ketogen parhezning taʼsiri esa kam oʻrganilgan. U organizmni boshqa manbalarni qidirishga va glyukoza oʻrniga jigarda uzoq zanjirli yogʻ kislotalaridan sintezlangan keton tanalarini ishlatishga undaydi.
Olimlar sichqonlarga oshqozon osti bezi saratonini yuqtirib koʻrishdi. Ularning bir qismini ketogen parhez, yaʼni 90% yogʻ, 9% oqsil va 1% uglevodga moʻljallangan parhezga oʻtkazishdi. Qolgan sichqonlarga uglevod hisobiga parhezda 40% kaloriyalikni pasaytirishdi.
Ikki guruh sichqonlari organizmida ham glyukoza miqdori tushib ketgan, shuningdek, -stearoil-KoA-desaturazasi (SCD) (toʻyingan yogʻli kislotalarni toʻyinmagan yogʻli kislotalarga aylantiradigan ferment) faoliyati kamaygan. Bu tashqi tomondan tanqislik boʻlmaganda saraton hujayralari ichidagi lipidlarning mustaqil sintezi uchun muhim. Bu yerda esa parhezlar oʻrtasida farq paydo boʻldi. Ketogen parhezda ortiqcha oʻsimta yogʻlar bilan taʼminlangan boʻlsa, kam kaloriyali parhez esa, aksincha, uni hujayra membranalari uchun qurilish materiallaridan ham, energiyadan ham mahrum qildi.
Shunday qilib, kam kaloriyali parhez saraton oʻsimtasi oʻsishini samarali sekinlashtirdi.
Bunday tajribalarni insonlarda oʻtkazish mumkin boʻlmagani sababli, olimlar 1165 ta oshqozon osti bezi saratoniga chalingan bemorlarning ovqatlanishi va yashovchanligi haqidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqishdi. Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, kam miqdordagi shakar parhezida isteʼmol qilinayotgan yogʻning turi muhim, biroq ratsionning saraton rivojlanishi dinamikasiga boʻlgan taʼsiri haqida xulosa qilishga hali erta, chunki maʼlumotlar toʻliq emas.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ular saratonga chalinganlarga parhezga oid tavsiyalar berishga harakat qilishmagan, chunki past kaloriyali parhezning qarshi taʼsiri xavfli boʻlishi mumkin.
Biroq, oʻtkazilgan tadqiqotlar saraton oʻsishini sekinlashtiradigan dorilarni ishlab chiqishda kerakli va foydali boʻladi. Mumkin boʻlmagan terapevtik strategiyalardan biri- oʻsimta hujayralarini toʻyinmagan yogʻli kislotalarni ishlab chiqarish qobiliyatidan mahrum qiladigan SCD fermentini bostirishdir.
“Parhez saraton kasalligi rivojlanishi dinamikasiga taʼsir qilishi mumkin va bunga juda koʻplab dalillar bor, biroq bu panatseya emas”, deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Metyu Vander Xeyden, MIT qoshidagi integral saraton tadqiqotlari instituti direktori va amaliyotchi onkolog.
Uning taʼkidlashicha, toʻgʻri ovqatlanishning har bir holatigacha turini bilib olish uchun shifokor maslahati lozim. Uning aytishicha, bemorlar tez-tez turli parhezlarning ustunliklari haqida soʻrab turishadi, biroq aniq va toʻgʻri davob berish uchun ilmiy dalillar har doim ham yetarli emas.
Mustaqil mutaxassislarning taʼkidlashicha – sichqonlar bilan oʻtkazilgan tadqiqot davomida olingan natijalar ancha muhim, biroq keyingi klinik tadqiqotlarsiz uni odamlarda sinab koʻrish mumkin emas.
Mavzuga doir materiallar:
Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi>>
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?>>
Qanday mayonez foydali>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala