Rossiya

Qozogʻiston Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilaridan biri - Putin

© Akimat Almatinskoy oblastiFlag respubliki Kazaxstan
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Qozogʻiston nafaqat kosmik kemalar uchiriladigan joy boʻlishi, balkim bunda bevosita ishtirok etishi ham kerak - Putin.
TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Qozogʻiston Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilaridan biri - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, katta matbuot anjumani davomida.
"Qozogʻiston - Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilaridan biri. Rossiya va Qozogʻiston turli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qilmoqda. Lekin asosiysi - iqtisodiy aloqalar tarkibini oʻzgartirish kerak. Bu raqamlashtirish, tibbiyot, genetika, kosmos.
Qozogʻiston nafaqat kosmik kemalar uchiriladigan joy boʻlishi, balkim bunda bevosita ishtirok etishi ham kerak", - dedi Putin.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Qozogʻistonga rus tili qoʻllab-quvvatlanilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. U yerda rus tilida dars berilayotgan maktablar va boshqa taʼlim muassasalari soni oshayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
"Qozogʻiston - bu rus tilida gaplashadigan mamlakat, toʻliq maʼnoda", - dedi Rossiya prezidenti. Shuningdek Vladimir Putin aynan Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev YEOII tashkil qilish tashabbuskori boʻlganini qayd etdi.
Rossiya prezidentining bu yilgi 18-katta anjumani oflayn formatda boʻlib oʻtmoqda. Grezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi va ular Manejning katta zalida toʻplanishgan.
Savol berishni istaganlar orasida Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega boʻlgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda boʻlishni soʻrashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala