Rossiya

Rossiyada omikron shtammini darhol aniqlaydigan test yaratildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniya na COVID-19
Ekspress-testirovaniya na COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Rospotrebnadzor ilmiy markazlarida SARS-CoV-2 ning omikron variantini qoʻshimcha ravishda farqlaydigan test tizimlari ishlab chiqildi.
TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Rossiyada yangi test yaratildi. Uning yordamida kishi koronavirusning omikron shtammi bilan kasallangani yoki yoʻqligini darhol aniqlash mumkin. Bu haqda “Vektor” markazi bosh direktori Rinat Maksyutov maʼlum qildi.
“Rospotrebnadzor ilmiy markazlarida ular SARS-CoV-2 ning nafaqat barcha variantlari aniqlashga imkon beradigan, balki omikron variantini qoʻshimcha ravishda farqlaydigan test tizimlari ishlab chiqildi”, - dedi Maksyutov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U bunday test kishi koronavirus bilan kasallangani yoki yoʻqligini aniqlashga imkon berishi, agar natijasi musbat boʻlsa, bu omikron ekani yoki emasligini bilish mumkinligini tushuntirdi.
Maksyutov testlar hozir laboratoriya tadqiqotlaridan oʻtayotganini taʼkidladi. Undan keyin zarur boʻlgada roʻyxatdan oʻtkaziladi va foydalanish boshlanadi.

Koronavirusning omikron shtammi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, COVID-19ning omikron shtammi 100 dan ziyod mamlakatda aniqlangan va tez surʼatlarda tarqalmoqda.
Tashkilotning taʼkidlashicha, omikron deltaga qaraganda juda tez tarqalmoqda. Ayrim davlatlarda har 1,5-3 kunda omikron holatlari ikki barobarga oshmoqda.
Omikron deb nomlangan koronavirusning yangi shtammi noyabrda Botsvana va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan edi. JSST uni “xavotir tugʻdiruvchi” deb tan olgan. Mutaxassislar yangi shtammni koronavirusni boshdan kechirganlar ham, emlanganlar ham yuqtirib olishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Mavzuga oid:

“Omikron” sichqon va kalamushlarga yuqmoqda
Britaniya olimlari: omikron shtammi oʻpka uchun deltadek xavfli emas
"Omikron” biz oʻylagandan koʻra xavfliroq boʻlishi mumkin - JSST
Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparat roʻyxatdan oʻtkazildi
Koronavirusning omikron shtammi belgilari maʼlum qilindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala