Shavkat Mirziyoyevga butun afg‘on xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildirildi

© Foto: MID UzbekistanaV Mazari-Sharife sostoyalas seremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu
V Mazari-Sharife sostoyalas seremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Mozori Sharifda O‘zbekiston insonparvarlik yuklari Afg‘oniston xalqiga topshirildi. Bu yordam mamlakatda ommaviy ocharchilik va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida O‘zbekiston insonparvarlik yuklarini Afg‘oniston xalqiga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
© Foto: MID UzbekistanaMozori Sharifda O‘zbekiston insonparvarlik yuklari Afg‘oniston xalqiga topshirildi.
V Mazari-Sharife sostoyalas seremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Mozori Sharifda O‘zbekiston insonparvarlik yuklari Afg‘oniston xalqiga topshirildi.
Yuklar un, guruch, shakar va boshqa oziq-ovqatlar, birinchi navbatdagi zaruriy tovarlar, kiyim-kechaklar, to‘qimachilik mahsulotlari, 4 ming tonnadan ziyod ko‘mirdan iborat.
© Foto: MID UzbekistanaMozori Sharifda O‘zbekiston insonparvarlik yuklari Afg‘oniston xalqiga topshirildi.
V Mazari-Sharife sostoyalas seremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Mozori Sharifda O‘zbekiston insonparvarlik yuklari Afg‘oniston xalqiga topshirildi.
“Marosimda so‘zga chiqqan Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sher Abbos Stanakzay mamlakat uchun og‘ir damlarda ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor, qo‘llab-quvvatlash va birdamlik uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga butun afg‘on xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Abbos Stanakzay afg‘on xalqi O‘zbekiston rahbarining birodarlik munosabatini doimo his qilib kelganini, shu bois mamlakatning yangi hokimiyat idoralari yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini, shuningdek, o‘z hududidan qo‘shni davlatlarga, jumladan, O‘zbekistonga hech qanday tahdidlarga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.
© Foto: MID UzbekistanaMozori Sharifda O‘zbekiston insonparvarlik yuklari Afg‘oniston xalqiga topshirildi.
V Mazari-Sharife sostoyalas seremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Mozori Sharifda O‘zbekiston insonparvarlik yuklari Afg‘oniston xalqiga topshirildi.
Balx viloyati hokimi Qudratilla Abu Hamza mazkur insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotgani, ayni qish faslida afg‘on xalqi uchun alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, bu yordam aslida mamlakatda ommaviy ocharchilik, og‘ir gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan o‘zbek palovi pishirilib, barcha yig‘ilganlar, shuningdek, Afg‘oniston jamoatchiligining ko‘plab vakillariga tortiq qilindi.
Avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga 63 ta vagonda insonparvarlik yordami jo‘natgani xabar qilingan edi.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0