Jamiyat

Adliya vazirligi Shveytsariya sudining qarori boʻyicha izoh berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishStatuya Femidы
Statuya Femidы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
Gulnora Karimova mablagʻlarining musodara qilinishi ularni Oʻzbekistonga qaytarish uchun imkon yaratadi - Adliya vazirligi.
TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi Shveytsariya sudining Gulnora Karimova ishi boʻyicha qabul qilgan qaroriga oid izoh berdi.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Shveytsariya Federal sudi Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan “Takilant Ltd.” kompaniyasining 293 mln dollar mablagʻini musodara qilgani haqida xabar eʼlon qilingan edi.
Adliya vazirligi aytishiga koʻra, Gulnora Karimova mablagʻlarining musodara qilinishi ularni Oʻzbekistonga qaytarish uchun imkon yaratadi.
"Bu Shveytsariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun muhim gʻalaba hisoblanadi, chunki u mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish boʻyicha keyingi muzokaralar uchun imkoniyat ochadi", - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, Adliya vazirligi Shveytsariya sudining qarori haqida OAVda eʼlon qilinganq axborot toʻliq emasligini taʼkidlamoqda. Xususan, “Takilant Ltd.” kompaniyasiga qaytarilishi aytilgan $ 70 mln. dollar mablagʻ borasida sud qarori ustidan shikoyat qilinishi mumkinligi va Gulnora Karimova mablagʻlarini hibsga olish haqida AQSH vakolatlari organlarining orderi mavjudgini taʼkidlagan.
"Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari Shveytsariya va AQSH rasmiylari bilan G. Karimova va uning sheriklarining jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan aktivlarini qaytarish boʻyicha faol ish olib bormoqda. Chunki ushbu jinoyatlardan Oʻzbekiston davlati va xalqi ham jabr koʻrgan", - deyilgan vazirlik rasmiy xabarida.
Maʼlumot uchun, 2018 yilda Shveytsariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan beshta hisob raqamlaridan 555 million dollarlik aktivlarni musodara qilish toʻgʻrisda qaror chiqargan edi. 2019 yilda Shveytsariya ushbu mablagʻlardan 130 millionov dollari Oʻzbekistonga qaytarilishi haqida maʼlum qilgan edi.
2017 yilda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov natijasida dunyoning turli burchaklaridan Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan umumiy qiymati 2 milliard dollarlik koʻchmas mulk va boshqa boyliklar aniqlangan edi. Ushbu boyliklarning aksariyati Shveytsariya ($800 mln.), Irlandiya ($300 mln.) va BAA ($120 mln.)da ekani aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala