Iqtisod

Goʻsht, moy, kartoshka uchun QQS imtiyozlari uzaytiriladi - yangi qonun

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishKartofel
Kartofel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
Oʻzbekiston Hukumati goʻsht, kartoshka, oʻsimlik moyi va baliq narxini tushirish maqsadida ushbu mahsulotlar uchun soliq imtiyozlari muddatini uzaytirmoqchi.
TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi va realizatsiyasi uchun qoʻshimcha qiymat soligʻidan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi, deb xabar qilmoqda Oliy Majlis deputati Doniyor Gʻaniyev oʻz telegram kanalida.
Xabarda aytilishiga koʻra, Parlament tomonidan 2021 yilda aholi uchun muhim isteʼmo tovarlari boʻlgan mahsulotlar uchun kiritilgan soliq imtiyozlari muddati yana 4 oyga uzaytiriladi. Deputatlar ushbu haqida yangi qonun loyihasi ishlab chiqishgan.
Yangi qonun loyihasiga koʻra 2022 yil 30 aprelga qadar quyidagi oziq-ovqatlar QQSdan ozod qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish;
oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma;
goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyishdan olingan mahsulotlar;
kartoshka va muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni mamlakat hududiga olib kirish.
Deputat xulosasiga koʻra, ushbu choralar Oʻzbekiston bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini nafaqat barqaror saqlashga, balki ularni pasaytirishga hamda aholini ushbu mahsulotlarga boʻlgan talabini toʻlaqonli qondirishga xizmat qiladi.
Doniyor Gʻaniyev ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullanishiga umid bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala