Dunyoda

Pfizer va Moderna: emlanishdan 6 oy oʻtgach “omikron”dan himoya qilmaydi – AQSH olimlari

© AFP / LIONEL BONAVENTUREOmikron-shtamm koronavirusa
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
Amerikalik olimlar oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, Pfizer va Moderna vaktsinalari ikki dozasi bilan emlanishdan keyin 6 oy oʻtgach “omikron”dan himoya qilmaydi.
TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Pfizer va Moderna kompaniyalari ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaktsinalari ikkinchi dozasini olgandan keyin 6 oy oʻtgach, “omikron” shtammidan himoya qilmaydi, bu haqda amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotda bayon etildi, bioRxiv resursida chop etildi.
"Ikkinchi dozadan olti oy oʻtgach, oʻrganilgan emlangan shaxslarning hech birining plazmasi “omikron” shtammiga qarshi neytrallashtiruvchi faollikni koʻrsatmadi", - deyilgan tadqiqotda.
Tadqiqotga koʻra, ikkinchi dozadan soʻng, boshqa shtammlar bilan solishtirganda, "omikron" bilan aloqa qilganda antitanachalarning neytrallash faolligi 30 baravar kamaydi. Biroq, buster dozadan keyin koʻrsatkichlar atigi 14 marta kamaydi. Uchinchi doza ishtirokchilarning 90% dan ortigʻini “omikron”dan himoya qildi.
Olimlarning fikriga koʻra, bu maʼlumotlar “omikron”dan himoyalanish uchun qayta emlanish zarurligini isbotladi.
Omikron deb nomlangan koronavirusning yangi shtammi noyabrda Botsvana va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan edi. JSST uni “xavotir tugʻdiruvchi” deb tan olgan. Mutaxassislar yangi shtammni koronavirusni boshdan kechirganlar ham, emlanganlar ham yuqtirib olishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Mavzuga doir qiziqarli materiallar:
“Omikron” sichqon va kalamushlarga yuqmoqda
Britaniya olimlari: omikron shtammi oʻpka uchun deltadek xavfli emas
"Omikron” biz oʻylagandan koʻra xavfliroq boʻlishi mumkin - JSST
Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparat roʻyxatdan oʻtkazildi
Koronavirusning omikron shtammi belgilari maʼlum qilindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala