Rossiya

Rossiyada “Islom davlati”* gʻoyalarini targʻib qilgan xorijlik 12 yilga qamaldi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2021
Amur viloyatida chet el fuqarosi terrorizmni targʻib qilgani uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Amur viloyati sudi tomonidan “Islom davlati”* xalqaro terrorchilik tashkiloti gʻoyalarini targʻib qilishda aybdor deb topilgan xorijlik 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi Rossiya FXXning Amur viloyati boʻyicha boshqarmasi matbuot xizmati. RIA Novosti.
FXX xodimlari Amur viloyatida 2020 yil iyul oyida chet el fuqarosini qoʻlga olishgandi, unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi (shaxsni terrorchilik jinoyatlar sodir etishga undash, yollash yoki boshqa usullar bilan jalb qilish), 205.2-moddasi 2-qismi (terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga ommaviy chaqiriqlar) va 280-moddasi 2-qismi (ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga ommaviy chaqiriqlar, shu jumladan internetdan foydalangan holda) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Aniqlanishicha, ayblanuvchi zoʻravon qurolli harakatlarga chaqiriqlarni tarqatgan va Amur viloyatida ekstremistik guruh yaratishga uringan.
Yollovchining asosiy vazifalari xalqaro terroristik tashkilot aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan terrorchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, unga viloyat aholisi va xorijiy mehnat migrantlarini xorijdagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun jalb qilish boʻlgan.
“1-Sharqiy okrug harbiy sudining hukmi bilan chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi, 205.2-moddasi 2-qismi, 280-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish, jazoni qattiq rejimli koloniyada oʻtash, dastlabki 4 yilida qamoqda saqlash, 3 yil muddatga “internet” tarmogʻiga kirish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi,” – deyilgan FXXning Amur viloyati boʻyicha boshqarmasi xabarida.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala