Jamiyat

Shifokor diabetdan himoya qiladigan mahsulotni aytdi

© Sputnik / Anton KurilkinSpetsii na rыnke v Buxare
Spetsii na rыnke v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2021
Daily Express: qizqon oʻsimligi qonda shakar miqdorini 25%gacha tushirishi mumkin.
Qizqon oʻsimligini muntazam isteʼmol qilinganda qonda shakar miqdori 25% gacha tushishi mumkin. Tadqiqotchilar maʼlumotlariga koʻra, bu bir yillik dukkaklilar oilasiga kiruvchi oʻsimlik boʻlib, u qonli diabetda, uni oldini olishda ham samarali vosita. Olimlar sakkiz hafta davomida qizqonning shakar va xolesterin miqdoriga taʼsirini kuzatdi.
Diabet bilan ogʻrigan bemorlarga har kuni 10 gramm qirgʻichdan chiqarilgan qizqonni yogurt bilan aralashtirib yoki issiq suvda namlab isteʼmol qilish tavsiya qilindi.
“24 soatlik siydikdagi glyukoza miqdori 54 foizga, och qoringa isteʼmol qilingan shakar, triglitseridlar va xolesterin miqdori qizqon urugʻi isteʼmol qilinganidan keyin mos ravishda 25, 30 va 30,6 foizga kamaydi, Bu natijalar qandli diabetni davolashda qizqonning foydasi haqida belgi beradi " – deydi shifokorlar.
Shu bilan birga, issiq suvda namlangan oʻsimlik samaradorligi yogurtga qoʻshilganidan ancha yuqori chiqdi.
Biroq, olimlar qizqonning faol taʼsirlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni tavsiya qildi, chunki qon shakar darajasini pasaytiradigan boshqa mahsulotlar bilan aralashtirilganda, shakar etishmasligi - gipoglikemiya paydo boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala