Iqtisod

Xorijdan Oʻzbekistonga yangi pul oʻtkazish tizimi ishga tushiriladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishKliyent Sberbanka vnosit nalichnыe dengi v bankomat
Kliyent Sberbanka vnosit nalichnыe dengi v bankomat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2021
“Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. “Transchegaraviy pul oʻtkazmalarini taʼminlash boʻyicha toʻlov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, xorijdan Oʻzbekistonga transchegaraviy pul oʻtkazmalarini amalga oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Oʻzmilliybank) negizida “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi tashkil etiladi.
Toʻlov tizimi bir qator apparat va dasturiy-texnik vositalarni oʻzida mujassam qilgan tizimli platforma boʻlib, uning ishtirokchilari (kredit tashkilotlari) uchun vakillik hisobvaraqlari orqali transchegaraviy oʻtkazmalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
“Aziya – Invest Bank” AJ (Moskva) bu toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy oʻtkazmalar boʻyicha Rossiya Federatsiyasidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.
Qarorga koʻra, Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ishga joylashish boʻyicha xarajatlarini qoplash maqsadida kreditlar ajratish loyihasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala