Jamiyat

Buxoro viloyati XTB oʻqituvchi va oʻquvchilardan noqonuniy tarzda 1,2 mlrd soʻm undirmoqchi boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Buxoro viloyati Xalq taʼlim boshqarmasining buyruq ilovasida 2021−2022 oʻquv yili uchun jami 1,22 milliard soʻm aʼzolik badallari yigʻish koʻzda tutilgan boʻlgan.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Buxoro viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi 2021/2022-oʻquv yili uchun "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga aʼzolikka qabul qilish va aʼzolik badallarini yigʻish toʻgʻrisida majburiy xarakterda boʻlgan buyruq qabul qilgan. Bu viloyat prokuraturasi oʻtkazgan tekshiruvda aniqlandi.
Maʼlum qilinishicha, buyruq ilovasida 2021−2022 oʻquv yili uchun jami 1,22 milliard soʻm aʼzolik badallari yigʻish ham koʻzda tutilgan. Xususan, buyruq ilovasida 169 339 nafar oʻquvchilardan 914,4 mln soʻm va 28 488 nafar pedagog xodimlardan 307,6 mln soʻm aʼzolik badallarini yigʻish reja-grafigi tasdiqlangan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi doirasida 10 dekabr kuni buyruq bekor qilingan. Boshqarma boshligʻi qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida rasman ogohlantirilgan.
Majburiy obuna: Bekobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi ishdan olindi
“Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, aʼzolik badallarini toʻlash ixtiyoriy boʻlib, har qanday majburiy toʻlov undirilishi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”, — deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala