Jamiyat

Komil Allamjonov mast holda mashina haydaganlarni 15 sutkaga qamashni taklif qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishVoditel za rulem avtomobilya
Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Allamjonov: Yiliga minglab odamlar vafot etayotganini inobatga olib, bu sohada favqulodda holat eʼlon qilish kerak deb hisoblayman.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov mast holda avtomobil boshqarganlik uchun 15 sutka qamoq jazosi belgilashni taklif qildi.
“Spirtli ichimlik isteʼmol qilib transport boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishni taklif qilaman. Yiliga minglab odamlar vafot etayotganini inobatga olib, bu sohada favqulodda holat eʼlon qilish kerak deb hisoblayman. Ahvol koʻchada oʻta ogʻir”, deya yozdi Allamjonov oʻzining Telegram kanalida.
Avvalroq transport vositasini mast holda boshqarganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi kutilayotgani maʼlum boʻlgan edi. Maʼmuriy va Jinoyat kodekslariga bunga oid oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritilgan.
Yil boshidan buyon Toshkent yoʻllarida halok boʻlgan piyodalar soni ochiqlandi
Amaldagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131-moddasiga asosan, mast holda mashina haydash uni transport boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, 25 BHM (6,7 mln soʻm) jarimaga solishga sabab boʻladi. Haydovchining organizmida alkogol miqdori 0,135 promilledan yuqori boʻlsa, u mast holda transport vositasini boshqargan hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala