Rossiya

Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik boʻyicha muzokaralarning asosiy masalalarini maʼlum qildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Rossiya NATO bilan xavfsizlik boʻyicha muzokaralarning asosiy masalalarini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiyaning AQSH va NATO bilan boʻlajak muzokaralari asosiy masalalari - alyansning sharqqa qarab kengaymasligi va Rossiya chegaralari yaqinida xavfsizlikka tahdid soluvchi qurollarning paydo boʻlmasligi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.
Oʻtgan haftada Moskva AQSH va NATOga aʼzo davlatlar bilan kelishuv loyihalarini eʼlon qilgandi. Hujjat Yevropada oʻzaro xavfsizlik kafolatlari toʻgʻrisida tartib, oʻrta va qisqa masofali raketalarni bir-biriga yetib boradigan hududlarda joylashtirmaslik, alyansning kengaymasligini (shu jumladan sobiq SSSR davlatlari hisobidan) oʻz ichiga oladi.
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkovning soʻzlariga koʻra, agar Gʻarb bu talablarga javob bermasa, qarama-qarshilikning yangi bosqichi boshlanishi mumkin.
Muzokaralar birinchi raundlari yanvar oyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning sharq tomon kengayishi va Ukrainada hujum qurollarini joylashtirish - Moskva uchun qizil chiziq ekanligini bir necha bor taʼkidlagandi.

Mavzuga doir yangi materiallar:

NATO Sharqqa bir qadam ham siljimasligi kerak - Putin Ukraina haqida
“Bu uyimiz ostonasida!” - Putin amerikaliklarning Ukrainadagi harakatlari haqida
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo boʻlsa nima boʻlishini aytdi
Gruziyani 2008 yil avgustiga tayyorlagan davlatlar Ukrainani qurollantirmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala