"Taxtaqoracha" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi - FVV

© SputnikPerval "Taxtakoracha", Amankutan
Perval Taxtakoracha, Amankutan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
Yo‘lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash natijasida "Taxtaqoracha" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
TOShKENT, 27 dek - Sputnik. "Taxtaqoracha" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo‘lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 27-dekabr kuni soat 08:30 da "Taxtaqoracha" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 26-dekabr kuni "Taxtaqoracha" dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0