Iqtisod

Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berganlik uchun yigʻim kamaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Endi tadbirkorlikni qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji toʻlanmaydi.
TOSHKENT, 28 dek – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi qarori 774-son bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, endi tadbirkorlikni qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji toʻlanmaydi.
Tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish uchun guvohnoma berganlik uchun BHMning 20 foizi miqdorida (54 ming soʻm) yigʻim undiriladi. Ilgari BHMning 1 baravari miqdorida (270 ming soʻm) undirilgan.
Bundan tashqari, advokatlik litsenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida koʻrib chiqiladi. Ilgari 20 ish kuni edi.
Vasiylik va homiylik qilishga toʻsqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq roʻyxati belgilandi. Ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi.

Mavzuga oid:

YATTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi
YATTlar daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi
Davlat oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala