Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish Agentlikning asosiy vazifalari biridir.
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Qaror bilan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.
Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etildi.
Mavzuga oid:
Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi
Tomorqa yer egalariga kredit ajratiladi
Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berganlik uchun yig‘im kamaytirildi
Yangiliklar lentasi
0