Malginov: Moskva va Toshkent Afgʻonistondagi vaziyat sabab harbiy aloqalarni faollashtirdi

© Sputnik / Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbeksko-rossiyskiye ucheniya v Termeze
Uzbeksko-rossiyskiye ucheniya v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi ikki mamlakatning afgʻon mojarosini tartibga solishdagi pozitsiyalari oʻxshash ekanini taʼkidladi.
TOSHKENT, 28 dek – Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa idoralarining aloqalari Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashi ortidan faollashdi. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov maʼlum qildi.
“Mamlakatlarimizning afgʻon mojarosini tartibga solishdagi pozitsiyalari oʻxshash. “Islom davlati”*, boshqa terrorchilik guruhlari oʻz faoliyatlarini toʻxtatishmayapti, narkotik ishlab chiqarish va kontrabandasi muammosi ham dolzarbligicha qolmoqda. Shu bois mudofaa idoralarining muntazam aloqalari oʻta muhim”, - dedi Malginov 2021 yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida.
Elchi aprel oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Oʻzbekistonga tashrif buyurgani va uning doirasida ikki mamlakat oʻrtasida harbiy sohada 2021-2025 yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturi imzolanganini eslatdi.
Malginov ikki davlat harbiy xizmatchilari Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridagi oʻzbek-rus mashgʻulotlarida oʻzaro tajriba va malaka bilan almashishganini qayd etdi.

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"** aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
** Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala