O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida kovid bilan kasallanishning eng past ko‘rsatkichi qayd etildi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie
Testirovanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 198 487 nafarga yetgan.
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 27-dekabr kuni 100 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu 15-martdan buyon eng past ko‘rsatkichdir, o‘shanda 65 kishida kovid aniqlangan edi.
Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 198 487 nafarga yetgan. Shulardan 195 520 nafari tuzalib ketgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1484 nafarga yetgan.
O‘zbekiston va Rossiya yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga oid bitim ishlab chiqmoqda
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada jami 38,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi kerak bo‘lgan fuqarolarning 87,4 foizi (18,7 million) birinchi dozani olishga ulgurgan. 61,8 foiz (6,6 million) aholi to‘liq bosqichlarda emlangan.
Yangiliklar lentasi
0