Siyosat

MDH sammiti yakunlari - foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston MDH doirasida keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishning qatʼiy tarafdori ekanini tasdiqladi.
TOSHKENT, 29 dek - Sputnik. Sankt-Peterburgda 28 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan tashkil qilingan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtrirok etdi.
Sammit boshida davlat rahbarlari Rossiya bosh sanitar shifokori Anna Popovaning epidmiologik vaziyat boʻyicha hisobotini tinglashdi. Anna Popova oʻz nutqida MDH davlatlarining biologik va epidemiologik xavfsizlik tizimlarining oʻzaro oʻxshashligi va bogʻliqliklari haqida aytib berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammitning davomi yopiq eshitlar ortida jurnalistlar ishtirokisiz boʻlib oʻtdi.
Unda davlat rahbarlari, joriy yilgi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi 2022 yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, - deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev MDHni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida asosiy eʼtiborni uch yoʻnalish: siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikka qaratishni taklif etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Shuningdek, MDH makonida toʻlaqonli erkin savdo zonasini shakllantirish va transport bogʻliqligini mustahkamlash muhim ekani taʼkidlandi.
Ishtirokchilarning eʼtibori global iqlim kun tartibini hisobga olgan holda barqaror “yashil” taraqqiyotga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirish borasida saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligiga qaratildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini mamlakatlarimiz iqtisodiyotlarining raqobatli ustunliklari va bir-birini toʻldirib turishidan foydalangan holda taʼminlash masalalarini hal qilishga doir yangi yondashuvlar ishlab chiqish dolzarb ekani qayd etildi.
© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishObщeye fotografirovaniye uchastnikov neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG) v Konstantinovskom dvortse
Obщeye fotografirovaniye uchastnikov neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG) v Konstantinovskom dvortse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Obщeye fotografirovaniye uchastnikov neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG) v Konstantinovskom dvortse
Soʻz yakunida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston MDH doirasida keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishning qatʼiy tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi hamda sammit ishtirokchilari va ular orqali birodar xalqlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Maʼlumot uchun, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oʻzining MDHdagi ishtirokini faollashtirgan. Xususan, Respublika 40 dan ziyod koʻp tomonlama bitimni imzoladi va tashkilotning 23 ta organiga qoʻshildi va oʻtgan yilda ilk bor MDHga raislik qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammitda shuningdek, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala