Jamiyat

Mirziyoyev Nodirbek Abdusattorovni taqdirladi. Unga kvartira sovgʻa qilinadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShaxmatist Nodirbek Abdusattorov
Shaxmatist Nodirbek Abdusattorov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Mirziyoyev Nodirbek Abdusattorovni davlat mukofoti bilan taqdirladi. Unga kvartira sovgʻa qilinadi
TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va mazkur sport turining rapid yoʻnalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida eʼtirof etilgan Nodirbek Abdusattorov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda prezident koʻrsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovgʻa qilinadi.
17 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polshadagi Jahon chempionatining tezkor (rapid) yoʻnalishida gʻalaba qozonib, chempion unvoniga sazovor boʻldi.
Nodirbek chempionlik yoʻlida 13 turda 7 ta gʻalaba, 5 ta durang va 1 ta magʻlubiyat bilan 9.5 ochko jamgʻardi.
Umumiy hisob rossiyalik Yan Nepomnyashiy hamda Abdusattorovning bir xil koʻrsatkichlari bilan yakunlangach, gʻolib jamoani aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilindi.
Unda oʻzbekistonlik shaxmatchi raqibini mot qilishga muvaffaq boʻldi.
Nodirbek Abdusattorov 2017 yilda Sputnik muxbiriga bergan intervyusida besh yildan soʻng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari roʻyxatida boʻlishini taʼkidlagandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala